Toshkentda ushu bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati nihoyasiga etdi (foto)

CHERY AUTO

Poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida ushu bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. 
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakatimiz ushu federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistondan kelgan ikki yuzdan ziyod sportchi o‘zaro g‘oliblik uchun kuch sinashdi. 

Tecno

                          Musobaqa g‘oliblari bilan tanishing:

Taolu yo‘nalishi bo‘yicha Bexruz Rasulov va Sabina Jo‘raeva musobaqaning mutloq g‘oliblari bo‘lishdi.

Taolu yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘ringa sazovor bo‘lganlar: Baxodir Rahmatjonov, Mubina Shoikromova,Lobar Rahmatjonova, Bexruz Muhammadaliev, Akbar Tursunov, Abdubori Anvarxo‘jaev, Karina Fatillaeva, Abdulloh Shuhratov,Miraxmad Mirmaxmudov, Yuliana Kuznetsova, Shohjahon Tiloviddinov, Murod Ergashev, Maksim Myasnikov, Abduraxmon Baxodirov, Farxod Fayzullaev, Yaroslava Kutepova, Abduraxim Tursunboev, Shaxzoda Oqilova, Nurxon O‘tkirxo‘jaeva, Gulnoza Solihova, Sirojiddin Anvarov, Shamshod Abdurazzoqov.

Sanda yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘ringa sazovor bo‘lganlar: Xolmurod Nurdinov (Qirg‘iziston), Javohir Umarov (Qirg‘iziston), Jalolxon Mamatov (O‘zbekiston), Berdax Xoliev (Qoraqalpog‘iston), Akmal Rahimov (O‘zbekiston), Jamshid Abdullaev (O‘zbekiston).

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!