
"Tottenxem" Eriksenning maoshini ikki barobarga oshirmoqchi, ammo...
Londonning "Tottenxem" klubi o‘zining daniyalik etakchisi Kristian Eriksenni tarkibda saqlab qolish yo‘llarini qidirmoqda.
Qayd etish lozimki, 26 yoshli yarim himoyachining "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois londonliklar rahbariyati u bilan kelishuvni uzaytirish payiga tushib qolishgan va buning uchun uning maoshini ikki barobarga oshirishga tayyor. Biroq, Eriksen "Tottenxem" bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti. Ta’kidlash kerakki, Eriksen ayni damda haftasiga 70 ming funt maosh oladi.
Eriksenga "Barselona" va "Real" klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud. La Liga grandlari unga yanada yaxshiroq takliflar bilan murojaat qilishlari kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, ayni damda "Tottenxem"ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchi Xarri Keyn hisoblanadi. Uning haftalik maoshi 200 ming funt. Keyingi o‘rinda esa Dele Alli (170 ming) turadi.
Fikrlar