"Tottenxem" "Real"ning transfer rejasini barbod qilishi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubi "Real"ning mavsumlar oralig‘idagi asosiy transfer rejalaridan birini barbod qilishi mumkin.
Gap shundaki “shporlar” mavsumni “Portu” safida ijara asosida o‘tkazgan, aslida esa “River Pleyt”ga tegishli bo‘lgan yarim himoyachi Xuan Kinteroga jiddiy qiziqib qolishdi. Ta’kidlash kerakki, 25 yoshli kolumbiyalik futbolchini shaxsan jamoa ustozi Maurisio Pochettino “Tottenxem”da ko‘rmoqchi.
Madridning “Real” klubi ham Kolumbiya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Fikrlar