"Tottenxem" o‘ziga Bundesligadan zo‘r futbolchi topdi

  • 19 yanvar, 2019, 19:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Londonning "Tottenxem" klubi "Borussiya" Myunxengladbax yarim himoyachisi Yonas Xofmannga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” allaqachon 26 yoshli germaniyalik futbolchining transferi borasida myunxengladbaxliklar bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Ta’kidlash kerakki, Bundesliga klubi etakchi futbolchilaridan biri hisoblangan Xofmanni qo‘yib yubormoqchi emas, ammo bu borada futbolchining qarori hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Xofmann joriy mavsum “Borussiya” safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol va 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 12 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!