
"Tottenxem" yozgi transferlar derazasi yopilguniga qadar 3 nafar futbolchisini sotib yubormoqchi
Londonning "Tottenxem" klubi joriy yozgi transferlar davrida o‘zining 3 nafar futbolchisi bilan xayrlashishmoqchi.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shporlar” himoyachilar Denni Rouz va Tobi Alderveyreld, shuningdek yarim himoyachi Mussa Dembelening transferi borasida takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Alderveylerdga "Manchester Yunayted", Dembelega esa "Inter" jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar