TsSKA etakchisi Qirg‘iziston terma jamoasida o‘ynashdan bosh tortdi

  • 03.10.2018 18:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qirg‘iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin Moskvaning TsSKA klubida to‘p surayotgan qirg‘izistonlik yarim himoyachi Ilzat Axmetov uning jamoasida o‘ynamasligini aytdi.

Tecno

“Moskvaga kelgan paytim Ilzat bilan ko‘rishish uchun Qozonga bormoqchi bo‘ldim, ammo na uning o‘zi va na otasi qo‘ng‘iroqlarimga javob berishmadi. Ular bu borada o‘z yo‘llarini tanlab bo‘lishdi. Mening unga nisbatan hech qanday etirozim yo‘q. Chunki har kim o‘z yo‘lini o‘zi tanlaydi.

Agar u bizda o‘ynasa, Rossiyada legionerga aylanib qoladi. U esa faoliyatini Rossiya orqali qurmoqchi. Bu uning huquqi va biz buni hurmat qilishimiz kerak. Bu normal holat”, - deydi Krestinin.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli Ilzat Axmetov asli Bishkekda tavallud topgan va uning ilk jamoasi mahalliy “Olg‘a” klubi bo‘lgan. Keyinchalik esa u Tolyatti shahridagi Yuriy Konoplev nomidagi akademiyada taqsil olgan.

Eslatib o‘tamiz, aynan Axmetov UEFA Chempionlar ligasida maydonga tushgan ilk qirg‘izistonlik futbolchi sifatida tarixga kirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!