Tuxel PSJ rahbariyatidan nega norozi?
PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxelni jamoaning transfer siyosati qoniqtirmayapti.
RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra germaniyalik mutaxassis klubdan o‘tgan mavsum faoliyatini yakunlagan yarim himoyachi Tiago Mottaning o‘rniga munosib futbolchi sotib olishni so‘ragan. Biroq, uning bu so‘rovi amalga oshmadi.
Eslatib o‘tamiz, parijliklar yozgi transferlar davrida Janluiji Buffon, Erik Shupo-Moting, Xuan Bernat hamda Tilo Kerer kabi futbolchilarni sotib olishdi.

Fikrlar