
U-23 OCh saralashi. BAA kichik hisobda Livanni taslim qildi
U-23 Osiyo chempionati saralash bosqichi "D" guruhi 2-turida mezbon BAA yoshlar terma jamoasi Livanga qarshi bahs olib bordi.
Anchagina qiziqarli kechgan o‘yin taqdirini bitta gol hal qildi. O‘yinning 85-daqiqasida amirliklar penaltidan urilgan gol hisobida zafar quchdi va guruhda peshqadamlikni saqlab qoldi.
O‘zbekiston yoshlar termasi 2-turida Nepalni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgandi. U-23 OCh final bosqichi yo‘llanmasi so‘nggi turda — BAA va O‘zbekiston o‘yinida hal bo‘ladi.
Fikrlar