UEFA Evropa chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi finallar. TOP-10

  • 25 may, 2018, 23:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mana nihoyat 2017-18 mavsum EChL finaliga ham juda yaqin qoldik. 26 may kuni Kievda bo‘ladigan final bahsida “Real” – “Liverpul” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Biz esa Evropa chempionlar ligasi va Evropa chempionlar kubogi tarixidagi eng yaxshi finallarni yodga olib o‘tamiz.

1956 yil. Parij.
Real Reyms 4:3

Evropa chempionlar kubogi tarixidagi ilk final hisoblanadi. O‘shanda “Real” tarkibda Pushkashsiz, ammo Di Stefano bilan Evropada tengsiz deb topilgan, ammo “Reyms” frantsuz futboli etakchisi va deyarli Parijdagi final mezboni edi. o‘yinda frantsuzlar uch marta oldinga chiqib olishadi va madridliklar uch marta hisobni tenglashtiradi va yakunda g‘alaba qozonadi. 79-daqiqada Ektor Rial dubl qayd etib, “Reyms”ni mag‘lubiyatni tan olishga majbur qiladi. Bu final ikki yil o‘tib yana qaytariladi, biroq bunda “Real” ishonchli g‘alabaga erishadi. Shunday qilib, frantsuz jamoalari 1990-yillarga qadar Evropaning bu turnirida bosh sovrinsiz qoladi. Qolgani esa boshqacha tarix...

1960 yil. Glazgo.
Real Ayntraxt 7:3

EChLning bu turniri gollarga boy o‘tgani bilan ko‘proq yodda qolgan. “Barselona” “Milan” 7:1 hisobida mag‘lub etib, “Vulverxempton”ni umumiy 9:2 hisobida yutadi, ammo yarim finalda “Real”ga qarshi amalda hech narsa qila olmaydi. Pushkash – Di Stefano juftligini to‘xtaib qolishning ilojisi bo‘lmaydi. Boshqa yarim finalda “Ayntraxt” final mezboni “Reynjers”ni hal qiluvchi finalga qo‘yib yubormaydi va shotlandlar darvozasini naqd 12 marta ishg‘ol qiladi. Hal qiluvchi bahsda nemislar hisobni ochishadi, ammo uni saqlab qola olishmaydi. Di Stefano xet-trik, Pushkash poker qayd etib, Evropaning asosiy turniridagi eng sermahsul final bo‘lishini ta’minlaydi. Hozircha albatta...

1967 yil. Lissabon.
Seltik Inter 2:1

“Keltlar”ning bu g‘alabasi o‘ziga xosligi bilan tarixda qolgan. “Seltik” Britaniya klublari orasida chempionlar kubogini yutgan ilk jamoa va turnirda g‘olib chiqqan yagona Shotlandiya klubi. Bundan tashqari “Seltik” legionerlarsiz chempionlar kubogi sohibiga aylangan yagona jamoa. “Keltlar”ning 10 nafardan ortiq o‘yinchisi mahalliy Glazgoda tug‘ilgan. “Inter” esa bu vaqtda “neradzurrilar”ning Evropa arenalaridagi eng yaxshi natijasini qayd etib turgan edi va bor kuchi bilan g‘oliblikka harakat qilgan. “Inter”ga ko‘pchilik mag‘lubiyat tilagan bo‘lsada, so‘zsiz final favoriti deya baholangan edi. Sababi italiyalik keragidan ortiq himoyaviy o‘yin va pressing bilan ko‘pchilikni bezor qilib ulgurgan. Faqatgina kamchilik “Seltik”ning milanliklarni engishiga ishonishgan. Matstsolaning ilk daqiqalarda penaltidan kiritgan goli shotlandiyaliklarning vazifasini engillashdi. Gemmel hisobni tenglashtirgan bo‘lsada, final xushtagiga bir necha daqiqa qolganda Chalmers hal qiluvchi golga mualliflik qilgan.

1972 yil. Rotterdam.
Ayaks Inter 2:0

“Neradzurrilar” mo‘jizaviy tarzda finalga etib kelgan. Sababi final jamoaning rejalarida bo‘lmagan va o‘yinlari bilan bunga munosib hisoblanmagan.shunchaki ikkinchi bosqichda ular Myonxengladbaxning “Borussiya”sini 7:1 hisobida tor-mor etadi, ammo “Inter” futbolchisi Bonisenega uloqtirilgan pivo butilkasi sabab o‘yin qayta o‘tkazilgan. Ammo baribir omad milanliklarga kulib boqadi. Finalda esa ikkita kuchli va ikki xil uslubga ega jamoa – Gollandiyaning eng sovrindor “Ayaks”i va Italiya “katenachcho”si to‘qnashadi. Qiziqarli o‘tgan qarama-qarshilik Yoaxan Kroyfning dubli va “Ayaks” g‘alabasi bilan yakun topadi.

1984 yil. Rim.
Liverpul Roma 1:1 (4:2 penaltilar bo‘yicha)

“Roma” ilk marta o‘z tarixida Evropa chempionlar kubogi finaliga chiqadi. “Liverpul”ga qarshi bahs “bo‘rilar”ning Rimdagi maydonida o‘tadi. Muxlislarning “jinnilarcha” qo‘llab-quvvatlashi ostida “jalorossi” asosiy vaqtda durangni ushlab qola olishadi, ammo “Liverpul” safida ajoyib juftlik Ian Rash va Kenni Dalglishga qarshi turish oson bo‘lmaydi. Nilning birinchi bo‘limdagi aniq zarbasiga Prutstso javob qaytaradi. Ikkinchi 45 daqiqalikda va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmaydi. Penaltilar seriyasida Konti va Gratsiani gol ura olishmaydi va bosh sovrin Angliyaga yo‘l oladi. Grobbelar esa mersisaydliklar tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri bo‘ladi. Aytgancha u yaqinda 50 yoshida Angliyaning quyi divizionidagi jamoalaridan birida maydonga tushdi.

1988 yil. Shtutgart.
PSV Benfika 0:0 (6:5 penaltilar bo‘yicha)

Penaltilar seriyasidagi EChL finali ko‘p ham esga olinavermaydi. Uning tarixi uzoq, ammo bu g‘alaba Gus Xiddinkning faoliyatidagi birinchisi. Gollandiyaliklarning finalga etib kelishi oson bo‘lmagan. Ular o‘shanda ajoyib shakllangan “Galatasaroy”ni pley-offning birinchi bosqichida taslim qiladi. Chorak final, yarim finalda biror marta g‘alaba qozona olishmaydi, faqatgina mehmondagi gol evaziga keyingi bosqichga yo‘l olishgan. Shunga o‘xshash holat “Benfika” bilan bo‘lgan o‘yinda ham kuzatiladi. Penaltilar seriyasida haqiqiy “asablar jangi” kuzatiladi. Portugallarning oltinchi penaltisini ijro etish Antonio Velozuga topshiriladi, biroq van Brokelen uni qaytarib, Xiddink bilan vataniga qahramon sifatida kelishadi. Bu PSV tarixidagi ulkan g‘alaba bo‘ladi.

1994 yil. Afina.
“Milan” – “Barselona” – 4:0

1980 yillar oxiri va 1990 yillar boshidagi muvaffaqiyatli yurishlarda “Milan” yana uch marta EChL finaliga yo‘l oladi, ammo atigi bittasida g‘olib chiqadi. Aynan shu g‘alaba milanliklarning favorit emas deya baholangan o‘yinda qayd etilgan. Kuman, Gvardiola, Stoichkov va Romario bilan “Barselona” yaxshigina tarkib tuzgan edi. “Rossonerilar” esa to‘rt asosiy o‘yinchi – Barezi, Kostakurta, Laudrup va Papen bilan o‘ynay olishmaydi. Biroq 22-daqiqada “Milan” Massaro goli bilan kataloniyaliklarni hayratga soladi. Bo‘limning so‘nggi daqiqasida Danielo dublni rasmiylashtiradi. To‘rtinchi golga esa schyot Savichevich mualliflik qiladi. Bunda Subisarretaning darvozasini tashlab oldinga chiqib ketgani qimmatga tushadi. Bu mag‘lubiyat Kroyfning Kataloniya poytaxtidagi erasi tugayotganini anglatadi. “Milan” uchun esa bu orzular finali bo‘ladi.

1999 yil. Barselona.
MYu Bavariya 2:1

“MYu” “Bavariya” bilan bo‘lgan o‘yinda dramatik tarzda mavsumni yakunlaydi. Mankunianliklar o‘shanda oltin xet-trik – uchta kubokni yutib rasmiylashtiradi. Bu MYuning oltin tarkibi – Shmeyxel, Nevill, Giggz, Bekxem, York va Koul va albatta, Sulsher va Sheringem bilan tarkibida Kan, Matteus, Effenberg, Basler va Tsikler bo‘lgan nemis mashinasi “Bavariya”ga qarshi qiyin o‘tgan g‘alabasi bo‘ldi. Albatta, bu Fergyuson va Xittsfeldning o‘zaro murabbiylik to‘qnashuvi ham edi. Deyarli butun o‘yin davomida “Bavariya” Baslerning yagona goli evaziga g‘alaba juda yaqin kelgan edi. 90-daqiqada kubok qizil-ko‘k-oq lantalar bilan bezatiladi va Lennart Yuxannson uni myunxenliklarga topshirish uchun pastga tushadi, ammo ser Aleksning o‘yinchi almashtirishi va Bekxemning ikkita burchak to‘pini amalga oshirishi barchasini o‘zgatirib yuboradi. Raqib jarima maydoniga Shmeyxel ham keladi, ammo vaziyat qahramoni Sheringem bo‘ladi. Uchinchi qo‘shib berilgan daqiqada Sulsher Kan darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritadi. Bunday dramatik yakunni finallar tarixi hali bilmasa kerak.

2005 yil. Istanbul.
Milan Liverpul” – 3:3 (penalti bo‘yicha – 2:3)

EChL tarixidagi ishonib bo‘lmaydigan to‘qnashuv. 52-soniyadayoq Paolo Maldini hisobni ochadi, Kyuellning jarohatidan so‘ng “Milan” ikkinchi golni uradi, ammo u ofsayd deya baholanadi. Shunday bo‘lsada, “rossonerilar” tanafusga qadar o‘z maqsadiga etishadi. Shevchenkoning Ernan Krespoga uzoq va aniq uzatmasidan so‘ng to‘p Dudek darvozasiga borib tushadi. Tanaffus arafasida ajoyib harakat qilgan Kaka Kresponing dublni nishonlashiga imkon yaratib beradi. 3:0. Bu vaqtda mersisaydliklar o‘yin hukmini o‘qib bo‘lishgandek edi, go‘yo. Benites ikkinchi bo‘limda uch himoyachini qoldirib, bor kuchni hujumga safarbar etadi. Bu o‘z natidasini beradi. 10 daqiqa o‘tib, Riisening qanotdan oshirgan to‘pini Jerrard boshi bilan Dida darvozasiga joylab qo‘yadi. Keyingi hujumni muvafaqqiyatli yakunlagan Shmitser oradagi farqni bittagacha qisqartiradi. Besh daqiqad o‘tar-o‘tmas “Liverpul” ajoyib “kambek”ni yakunlaydi. Gattuzo jarima maydoni ichida Jerrardni yiqitadi va Xabi Alonso penaltidan jamoasining imkoniyatlarini tenglashtiradi. Qolgan 30 daqiqa va qo‘shimcha vaqtlarda gol kiritilmaydi. Barchasi penaltilar seriyasida hal qilinadi. Hal qiluvchi zarbani amalga oshirgan Shevchenko Dudekni dog‘da qoldira olmaydi va “Liverpul” finalda g‘olib chiqadi.

2014 yil. Lissabon
Real Atletiko 4:1

Bu final “Real” va “Atletiko” jamoalarining EChLdagi tarixidagi bir davlatning ikki jamoasi to‘qnash kelgan 5-uchrashuvi bo‘ldi. Ispan va bitta shahar jamoalari o‘rtasidagi ilk final o‘yini. “Atletiko” final oldidan asosiy o‘yinchisi Arda Turanni yo‘qotib bo‘lgan va finalda 10-daqiqada o‘tib, jamoadoshi Diego Kosta jarohati sababli almashtiriladi. Turk futbolchisidan ko‘ra, Kostaning yo‘qligi o‘yinda bilindi. Birinchi bo‘lim oxirida Diego Godin hisobni ochadi. Shundan so‘ng “Atletiko” hotirjam tarzda natija uchun o‘ynay boshlaydi. Diego Simeone rejasi deyarli amalga oshadi, faqatgina Serxio Ramosa fantastik sakrash bilan qo‘shimcha daqiqada o‘yinni buzib yuboradi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa “Real” futbolchilari o‘zlarini qo‘lga olib, Tibo Kurtua darvozasiga yana uchta to‘p yo‘llaydi.

Manba: championat.com

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!