
UEFA "Kyoln"ni jarimaga tortdi
UEFA Evropa ligasi dastlabki turida bo‘lib o‘tgan “Arsenal” hamda “Kyoln” klublari o‘rtasidagi bahsda sodir etilgan tartibsizliklar yuzasidan o‘zining yakuniy qarorini e’lon qildi.
Eslatib o‘tish lozimki, shu kuni Londonga tashrif buyurgan minglab chiptasiz germaniyalik ishqibozlar stadionga kirishga urinishdi. Buning uchun ular yo‘llarida to‘g‘ri kelgan buyumlarni sindirishdi va yoqib yuborishdi. Shu sabab o‘yin belgilangan vaqtdan bir soat kechroq boshlangan edi.
UEFA ushbu holat yuzasidan nemis klubiga 60 ming evro jarima to‘lash hamda “Arsenal”ga etkazilgan zararni qoplash haqida qaror qabul qildi.
Fikrlar