UFC rahbari: Makgergor va Xabib revansh jangi 2019 yili tashkil qilinishi mumkin
UFC boshlig‘i Dana Uayt engil vaznda jahon chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi revansh jang haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– Agar barchasi reja bo‘yicha ketadigan bo‘lsa, bu to‘qnashuv shu yili (2019) tashkil qilinishi kerak, – deya Uaytning so‘zlarini keltiradi TMZ Sports nashri.
Biroq bu UFC rahbari Xabibning Konor bilan revansh jangiga qadar yana bitta jang o‘tkazish kerakligini ham yashirmagan. Bunda Xabib chempionlik kamariga asosiy da’vogarlardan biri amerikalik Toni Fergyusonga qarshi ringga chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 6 oktyabr kuni Las-Vegasdagi “UFC 229” turnirida Xabib og‘rituvchi usul bilan Makgregorni muddatidan oldin mag‘lub qilgan.
Fikrlar