Uch nafar yakkakurashchimiz Chimkentda navbatdagi janglarini o‘tkazishadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida 14 aprel kuni aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha ustasi “ALASH PRIDE” Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada uch nafar o‘zbekistonlik sportchi – Nursulton Ro‘ziboev, Azamat Nuftillaev va Alixon Hasanov ringga chiqishadi.

Nursulton Ro‘ziboev qozog‘istonlik Sultan Kiyalov (3-1-0) bilan kuch sinashsa, Azamat Nuftillaev boshqa bir mezbon sportchi Nursat Semeteevga qarshi ringga chiqadi. Shuningdek, Alixon Hasanov esa (6-3-0) Murat Baktorazov (0-3-2) bilan o‘zaro hisob-kitob qilib oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!