"Ueska" o‘z tarixida ilk bor La Ligada o‘ynaydigan bo‘ldi

  • 22.05.2018 08:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Ueska» klubi kecha Segundaning 40-turi doirasida «Lugo»ni (2:0) mag‘lubiyatga uchratdi va o‘zi uchun La Liga yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydi.

Hisobida 75 ochkosi bor aragonaliklar endi ikkinchi o‘rinda pastga tushib ketishmaydi. Qayd etish lozimki 1960 yilda tashkil topgan «Ueski»  klubining shu kunga qadar eng yaxshi natijasi 2016/17 yilgi mavsumda Segundada 6-o‘rin bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, La Ligada ishtirok etish huquqini beruvchi ikkinchi yo‘llanmaga mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganida «Rayo Valekano» (73 ochka) va Xixonning «Sporting» (68) klublari da’vogarlik qilishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!