Umid Ahmadjonov hamda maxsus ishchi guruhning Qarshi shahriga tashrifi davom etmoqda

  • 30 iyun, 2018, 12:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida maxsus ishchi guruh bilan bo‘lib turgan O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Qarshi olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab internatiga tashrif buyurdi.

Tecno

Umid Ahmadjonov u erda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ovqatlanish ratsioni, yotoqxonasi, sport inshootlari, mashg‘ulotlar maydonlarini ko‘zdan kechirdi.

Jumladan, O‘FA 1-vitse prezidenti sportchilarning ovqatlanish tizimini tanqid ostiga olib, sportchilar jismonan baquvvat bo‘lishlari uchun kaloriyasi ko‘proq ovqatlar berilishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Bu borada maxsus ko‘rsatmalar berdi.

Qarshi shahar Olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab internatida yangi barpo etilgan, o‘lchami 50 metrga 25 metr (50x25) bo‘lgan suzish havzasi bilan ham yaqindan tanishildi. 

Umid Ahmadjonov sport mutasaddilari bilan suhbatlashar ekan, Davlatimiz rahbari tomonidan Olimpiya zaxiralari kollejlarining samarali ishlashi uchun milliardlab mablag‘ ajratilayotganini, ushbu mablag‘larning maqsadli sarflanishini jiddiy nazorat qilish hamda ularni to‘g‘ri yo‘naltirish barcha uchun birdek muhim va ahamiyatli majburiyat ekanini ta’kidladi.

Zero, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti aytganidek, “Milliy olimpiya qo‘mitasi yuritayotgan siyosat, olib borayotgan islohotlarga ko‘ra yurtimizdagi Olimpiya zaxiralari kollejlari terma jamoalarimiz uchun asosiy baza sifatida xizmat qilishi kerak".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!