Umtiti "Real"ga qarshi o‘ynay oladi
"Barselona" himoyachisi Samyuel Umtiti ertaga "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Ispaniya kubogi yarim final javob bahsida maydonga tushishga tayyor.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik himoyachi ayni damda tizassida hech qanday og‘riq his qilmayapti. Eslatib o‘tish lozimki, u La Liganing o‘tgan turida “Sevilya”ga (4:2) qarshi to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan edi.
Bundan tashqari “el-klasiko”ga qadar shuningdek darvozabon Yasper Silessen va yarim himoyachi Arturlarning ham safga qaytishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Real” jamoalari o‘rtasidagi dastlabki bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
Fikrlar