
Umtiti kutilganidan ham uzoqroq davolanishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Samyuel Umtiti kutilganidan ham uzoqroq muddat maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 24 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy 2018 yilning so‘nggigacha sog‘aymaslagi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, agar hozirgi davolash usullari Umtitiga yordam bermasa, shifokorlar uni qaytadan operatsiya qilishlari ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq shifokorlar Umtitini noyabr oyi boshlarida safga qaytishi haqida ma’lum qilishgan edi.
Fikrlar