Unai Emeri: Agar "Sautgempton" singari jamoalarni mag‘lub etolmasak, kuchli to‘rtlikka kira olmaymiz
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri kecha APLning 17-turida "Sautgempton"dan (2:3) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bizning mag‘lubiyatsiz seriyamiz istalgan payt yo‘qqa chiqishi mumkin edi, va bu “Sautgempton”ga qarshi bahsda sodir bo‘ldi. Shuni ham alohida ta’kidlashim lozimki, agar mana shunday o‘yinlarda g‘alaba qozona olmasak, biz kuchli to‘rtlikka kira olmaymiz. Biz 22ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadik, ammo musobaqa jadvalida 5-o‘rinda boryapmiz. Sababi, qolgan jamoalar bizdanda yaxshiroq natija qayd etishmoqda. Bizning maqsadimiz yuqori o‘rinlarga chiqish, lekin bu juda qiyin. Chunki, raqobatchilar juda yuqori darajada o‘yin ko‘rsatishmoqda. Shu bois biz o‘zimizga nisbatan juda ham talabchan bo‘lishimiz kerak”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.



Fikrlar