Unai Emeri: "Arsenal" ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadi
"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri APL 1-turi doirasida "Manchester Siti"dan engilganligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Biz 0:2 hisobi bilan mag‘lub bo‘lganmizga qaramay uchrashuv davomida o‘yin uslubimizning kuchayishiga e’tibor qaratdim. Birinchi bo‘limda jamoa yaxshi harakat qilmadi, biroq tanaffus vaqti men ularni ruhlantirdim. O‘ylashimcha, "Arsenal" ikkinchi bo‘limda boshqacha o‘yin ko‘rsatdi.
"Manchester Siti" kabi klubga qarshi maydonda harakat qilish har bir jamoa uchun qiyin, biz muxlsilarni xursand qilishga astoidil harakat qilamiz, - deya Emerining so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC nashri.



Fikrlar