Unai Emeri BATEdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

  • 15 fevral, 2019, 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri kecha Evropa ligasi 1/16 final bosqichi doirasida BATEga (0:1) qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bizda birinchi bo‘limda imkoniyatlar juda ko‘p bo‘ldi, biroq BATE himoyada juda yaxshi o‘ynadi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida ham hujum qilishdan to‘xtamadik, ammo raqib himoyada xato qilmadi, ustiga ustak ular gol urishga ham muvaffaq bo‘lishdi.

Javob bahsi boshqacha bo‘ladi deb o‘ylayman. Biz keyingi bosqichga chiqa olamiz”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 21 fevral kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!