Useyn Bolt Avstraliya klubi bilan kelisha olmadi
Afsonaviy sprinter Useyn Bolt ayni damda faoliyat olib borayotgan Avstraliyaning "Sentral Kost Meriners" klubi bilan shartnoma imzolash borasida kelisha olmadi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Unga ko‘ra avstraliyaliklar 32 yoshli yamaykalik sportchining moliyaviy talablarini qondira olmagan. Buning ortidan esa Bolt jamoa mashg‘ulotlaridan ham chetlatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Bolt bundan bir necha kun muqaddam o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Sentral Kost Meriners" klubida o‘z debyutini o‘tkazgan va o‘sha bahsning o‘zida dubl qayd etishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq Boltning agenti unga Evropaning kuchli jamoalaridan biri jiddiy qiziqish bildira boshlagani haqida xabar bergan edi.
Fikrlar