Useyn Bolt: Orzuim - yaxshi futbolchi bo‘lish

  • 15 noyabr, 2018, 16:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha ko‘p karra olimpiya o‘yinlari g‘olibi va rekordchisi hisoblangan Useyn Bolt hali ham o‘zidan professional futbolchi chiqishiga ishonmoqda.

Tecno

“Men futbolchi bo‘lishni juda ham xohlayman va shu sababli tanqidlarga e’tibor bermayman. Men Pogba va Sterling bilan gaplashdim, ular meni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Umuman olganda gap pulda emas, yaxshi futbolchi bo‘lish bu - mening orzuim”, - deydi yamaykalik sprinter.

Eslatib o‘tamiz, Bolt bungacha Avstraliyaning "Sentral Kost Mariners" klubi safida bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etdi va xatto ularning birida dubl qayd etishga ham muvaffaq bo‘ldi. Ammo, yakunda u ushbu jamoa bilan xayrlashdi. Ma’lumotlarga qaraganda unga Evropadan takliflar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!