"Uzbek Tigers" - "Cuba Domadores" qarama-qarshiligida o‘zbek bokschilarining qo‘li baland keldi

BEPUL PROPAN

Samarqand shahri mezbonlik qilgan ​​​​​"Uzbek Tigers" va "Cuba Domadores" o‘rtasidagi Jahon Boks Seriyalari (World Series of Boxing) chorak finalining dastlabki janglari o‘z nihoyasiga etdi.

Boks kechasining so‘nggi qarama-qarshiligida boks ixlosmandlari O‘zbekiston chempioni Sanjar Tursunovning 2016 yilgi Rio Olimpiadasi sovrindori Erislendi Savonga qarshi jangini guvohi bo‘lishdi.

Kubalik mahoratli charm qo‘lqop ustasi Erislendi Savonning jiddiy qarshiligiga duch kelgan yosh bokschimiz Sanjar Tursunov ringda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi va raqibiga etarlicha qarshilik ko‘rsata oldi.

Biroq tajriba o‘z so‘zini aytdi va hakamlarning yakuniy qaroriga ko‘ra, kubalik bokschi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Umumiy hisobga ko‘ra, "Uzbek Tigers" jamoasi 3-2 hisobida chorak finalning dastlabki bahsini o‘z foydasiga hal etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!