"Uzbek Tigers" bokschilari Kubaga jo‘nab ketdi

  • 5 fevral, 2018, 10:58
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Ma’lumki, boks bo‘yicha “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsumidagi ilk uchrashuvni safarda Kubaning “Cuba Domadores” bokschilariga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur bellashuvlar 9-10 fevral kuni Kubada tashkil etiladi. Kecha tunda “Uzbek Tigers” jamoasi bokschilari ushbu musobaqada ishtirok etish uchun okeanortiga jo‘anb ketdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Quyidagi bokschilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi:

-52kg: Xudoynazar Fayzov;

-60kg: Shunqor Abdurasulov;

-69kg: Mahmud G‘oipov;

-81kg: Madiyar Saydraximov;

+91kg: Bahodir Jalolov;

WSB bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev, murabiy Ravshan Xodjaev.

P.S. Sportchilarning jismoniy holatiga qarab murabbiylar ro‘yxatni o‘zgartirlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 27 fevral kuni Kuba va 1 mart Kolumbiya terma jamoalariga qarshi kechadigan uy uchrashuvlari Termiz shahrida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!