
Uzreport va Futbol TV bugun qaysi o‘yinlarni namoyish etadi?
Bugun Angliya va Ispaniyada bir-biridan qiziqarli bahslar muxlislarni kutib turibdi.
Futbol TV telekanali bugun dastlab 16:30dan boshla ALLning 5-turidan o‘rin olgan “Tottenxem” hamda “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi markaziy uchrashuvni olib ko‘rsatadi. Keyinroq esa xuddi shu telekanaldan “Nyukasl” – “Arsenal” (19:00), “Uotford” – “Manchester Yunayted” (21:30) hamda “Atletik” Bilbao – “Real” Madrid jamoalari o‘yinlarini tomosha qilishingiz mumkin.
Soat 19:15dan boshlab esa Uzreport telekanali “Real Sosedad” – “Barselona” bahsini jonli efirda namoyish etadi.
Fikrlar