Van Dammdan Shabnami Surayogacha yoxud “Asian Fight-2017” musobaqasi haqida batafsil
Bugun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Asian Fight-2017” musobaqasi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. “Bunyodkor” stadionida tashkil qiladigan shou Penchak silat sport turining professional yo‘nalishi – “Mikst silat” bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi vakili Nazirjon Xudoyqulov, O‘zbekistonda sharq yakkakurashlarini rivojlantirish markazi raisi Eduard Li, O‘zbekiston penchak silat federatsiyasi raisi Aziz Jo‘raboev, "UzMobile" direktori Vladimir Kravchenko va marketing bo‘limi rahbari Akmal Umarov bilan birgalikda musobaqa ishtirokchilaridan biri jahon chempioni Muhammadali Toshturg‘unov qatnashib, OAV xodimlarini qiziqtirgan savollariga javob qaytarishdi.
– Assalom alaykum, ushbu tadbir ishtirokchilari. Barchangizga ma’lumki, O‘zbekistonda penchak silat sport turi keng ommalashmagan. Bu ayniqsa, yoshlar o‘rtasida. Biroq federatsiyamiz ushbu sport turini rivojlantirish hamda uni aholi o‘rtasida ommalashtirishni rejalashtirgan va buning uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgacha havaskorlar jamoasi talaygina natijalarni qo‘lga kiritgan. Endilikda esa biz uni professional darajaga olib chiqmoqchimiz. Shu maqsadda 2015 yili penchak silatning professional ligasini tuzishni rejalashtirgan edik. Ayni damda u faoliyatini boshlagan.

– Mazkur turnirga sportchilarni tashlashga alohida e’tibor berib, ularning faqatgina yuqori natijaga erishganlarini olganmiz. Ularning deyarli ko‘pchiligi qit’a va jahon chempionligini qo‘lga hamda kelajakda yanada katta rejalarni o‘z oldiga qo‘ygan sportchilardir. Bunga Malayziyada o‘tgan yirik turnirda chempionlikni qo‘lga kiritgan Hasanxon Baratov hamda Isroil Rasulovdir. Buni Sharq yakkakurashlarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda amalga oshirdik.
– Umuman olganda bunday natijalarni qo‘lga kiritayotgan sportchilar juda ko‘p. Keyin esa biz ular ishtirokida yirik musobaqa tashkil qilishni o‘yladik. Bu Markaziy Osiyo birinchi marta o‘tmoqda. Albatta, tashkil qilishda Sharq yakkakurashlarini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda “UzMobile” aloqa kompaniyasi yaqindan yordam berdi.
Musobaqadagi ishtirokchilar haqida
Ushbu xalqaro turnirda penchak silatning professional yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston va xorijlik sportchilar ishtirokida 9 ta jang o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda yurtimiz sharafini xalqaro arenalarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan sportchilarimiz – jahon chempionlari Isroil Rasulov, Ayubxon Kamolov, Ahliddin Mirzadavlatov, Hasanxon Baratov, Muhammadali Toshturg‘unov, ikki karra jahon chempionlari Anvar Boynazarov, Ulug‘bek Umarov, uch karra jahon chempioni Mahmud Muradov himoya qilishadi.
Janglar 3 daqiqadan 5 raund davom etadi.
>>> Sportchilarimizning raqiblari bilan tanishing:
Musobaqa chiptalari va mehmonlari haqida
Ayni damda chiptalar narxi 50 mingdan – 300 ming so‘mgacha qilib belgilangan. Turnir xalqaro darajada bo‘layotganligi sabab qo‘shni respublikalar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa... joylardan takliflar tushmoqda. Hamyurtimiz Mahmud Muradov sababli Pragadan 20 nafar qiziquvchilar kelishi kutilmoqda. Jahon kino yulduzi va va sportchi Jan Klod van Damm hamda yakkakurash janglari ustasi Jeff Monsoning kelishi qiziqishni yanada oshirmoqda. Shuningdek, Rossiyaning aralash yakkakurashlar federatsiyasi “M-1 Global” prezidenti Vadim Finkelshteyn ham ishtirok etish niyatini bildirgan.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, dastlab shouga rossiyalik yakkakurashchi Fedor Emelyanko ham taklif etilgan, biroq yakunda sportchining rejalagan ishlari tig‘iz bo‘lganligi uchun taklif rad qilingan.
Musobaqada kontsert dasturlari va ishtirokchilar
Janglar boshlanishidan oldin o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari chiqishlaridan bahramand bo‘lishlaringiz mumkin. Shou 18:00da boshlanadi. Ochilish marosimidan so‘ng janglar start oladi. Janglar orasida “Zolotoy gramofon” mukofoti sovrindori rus estradasi guruhi xip-xop ijrochisi “Loc-Dog”, shouda o‘z xohishi bilan ishtirok etishni niyatini bildirgan bir qancha san’atkorlar, qo‘shiqchilarning chiqishlari ham rejalashtirilgan. Bunga mashhur xonanda Shabnami Surayyoning ham kelishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: Mikst silatga ko‘plab kurash usullari qo‘shilgan. BU MMAdan biroz farq qiladi. Shuningdek, parter (yotgan holda urushish - SPORTS.uz) holatida biroz o‘zgarishlar ham bo‘ladi. MMAda yotgan holatda tizza va tirsak zarbalarini berish mumkin. Professional silatda esa kurash usulida harakat qilinadi. Parterda ko‘lqoplar bo‘lgan holda zarba berish mumkin. Umuman olganda bu sportda MMAga nisbatan jarohat olish kamroq. Bellashuvda 10 soniya sportchilar harakat qilmasa, hakam tomonidan ajratiladi va qaytadan jang boshlanadi.
Fikrlar