
Van Persining yoshi sabab, uni sotib olishni istashmadi
Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi hujumchisi Robin van Persi yozda Germaniyaning “Gamburg” klubiga o‘tishi mumkin edi.
Nemis nashrlarida yozishlaricha “Gamburg” klubi murabbiylari gollandiyalik forvard bilan og‘zaki kelishib qo‘yishgan edi.
Biroq nemis klubi rahbarlari van Persining yoshi sabab, ushbu transfer amalga oshishiga ruxsat berishmadi.
Qayd etish joiz, 34 yoshli van Persining turk klubi bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yili yozda nihoyasiga etadi.
Ilgariroq, futbolchi “Feyenoord” jamoasiga qaytishi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar