Venger "Arsenal"dagi 700-g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor kecha Londonning "Arsenal" klubi UEFA Evropa ligasi guruh bosqichi so‘nggi turida Belarusning BATE klubini 6:0 hisobida taslim etdi.
UEFA rasmiy saytining ma’lum qilishicha ushbu g‘alaba Arsen Vengerning “kanonirlar” boshqaruvidagi 700-g‘alabasi bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, 68 yoshli frantsiyalik mutaxassis “Arsenal”ni 1996 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” o‘z guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar