
Venger: Chex van der Sarning yo‘lini takrorlashi mumkin
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger 35 yoshli darvozabon Petr Chexning harakatlarini va imkoniyatlarini yuqori baholab o‘tdi.
“Chexning yoshi katta. Biroq menimcha, u hozir har doimgidan ham kuchliroq . U mashg‘ulotlarda katta kuch sarflaydi. Ilgarigidan yaxshi bo‘lish uchun, tinimsiz mehnat qiladi. U bundan juda ko‘p narsa yutadi.
Men uni “Manchester Yunayted”dagi van der Sarga o‘xshataman. Ikkalasi ham aqlli, bo‘ydor va o‘z ishining ustasi edi. Edvin “qizil iblislar” unga bir yillik shartnoma taklif etsada, jamoadan ketishga qaror qildi.
Chex ham uning yo‘lidan borishi mumkin”, – deb aytib o‘tdi frantsiyalik mutaxassis.
Fikrlar