Verner uchun "Borussiya" Dortmund ham kurashga qo‘shildi

  • 7 yanvar, 2019, 14:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“RB Leyptsig” klubi forvardi Timo Verner jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Tecno

Bundan avvalroq 22 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosiga “Bavariya” jiddiy kurash boshlagani haqida xabar berilgan edi. Biroq, myunxenliklarga bu borada jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi. Aniqrog‘i, “Borussiya” Dortmund ham Verner uchun kurash boshladi.

Unga shuningdek “Liverpul” va “Tottenxem” kabi APL grandlari ham qiziqishmoqda. O‘z navbatida “RB Leyptsig” uning transferini 60 mln evroga baholamoqda.

Aytish lozimki, dortmundliklar Vernerni qo‘lga kiritish uchun “RB Leyptsig” qiziqayotgan vinger Maksimilian Filippdan foydalanmoqchi. Ular Vernerning transferiga aynan Filippni ham qo‘shishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Verner joriy mavsum jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning narxi 65 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!