"Vest Bromvich" 2009 yildan buyon ilk bor APLni tark etdi

  • 9 may, 2018, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vest Bromvich” yangi mavsumni rasman Chempionshipda boshlaydigan bo‘ldi.

Aniqrog‘i, ushbu jamoa musobaqa yakuniga bir tur qolganida 31 ochko bilan so‘nggi 19-o‘rinda qolib ketdi. Ularni APLda qolish imkonini beruvchi so‘nggi 17-pog‘ona bilan naqd 5 ochko ajratib turibdi. Qayd etish lozimki, "Vest Bromvich" 2009 yildan buyon ilk marta premer-ligani tark etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuchlilar safini birinchi bo‘lib “Stok Siti” tark etgan edi. Endi “Suonsi”, “Xaddersfild” yoki “Sautgempton” Chempionshipga ravona bo‘luvchi uchinchi jamoadan biriga aylanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!