"Vest Xem" Bilichni xaydab, o‘rniga Moyesni olib kelmoqchi

  • 5 noyabr, 2017, 10:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Vest Xem” klubi rahbariyati tez orada jamoa bosh murabbiyi Slaven Bilichni iste’foga chiqarishni rejalashtirmoqda.

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “bolg‘achilar” jamoaga Devid Moyesni taklif qilishmoqchi. Ularning fikricha aynan hozir murabbiy almashtirish uchun eng qulay payt. Boisi, yangi murabbiy orada kutib turgan FIFA kunlaridan foydalanib jamoani keyingi turda “Uotford”ga qarshi tayyorlash uchun etarli vaqtga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Vest Xem” kecha APLning 11-turida o‘z maydonida “Liverpul”ga 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng londonliklar 9 ochko bilan 17-o‘rinda qolishdi.

Ma’lumot uchun, Devid Moyes o‘tgan mavsum “Sanderlend”ni boshqargan va jamoa yakunda Chempionshipga ravona bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!