
"Vest Xem" "Chelsi" sobiq futbolchisini ijaraga olmoqchi
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Andre Shyurrle faoliyatini Angliya Premer-Ligasida davom ettirishi mumkin.
The Guardian xabariga ko‘ra, Londonning “Vest Xem Yunayted” klubi germaniyalik futbolchini yanvarda ijaraga olishga harakat qilib ko‘radi. Shyurrleni jamoaga olib kelish fikri bosh murabbiyi Devid Moyesdan chiqqani aytilmoqda.
Bu mavsum 27 yoshli futbolchi Bundesligada 4 bahsda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar