“Vest Xem” etakchisi jiddiy jarohat oldi
“Vest Xem” klubi yarim himoyachisi Andrey Yarmolenko bugun APLning 9-turida “Tottenxem”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olib maydonni tark etdi.
28 yoshli ukrainalik futbolchi uchrashuvning 41-daqiqasida maydonga noqulay tarzda quladi va jarohat oldi. Uning o‘rniga esa bahsni Greydi Diangan davom ettirdi.
Yarmolenkoning qachon safga qaytishi esa tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar