Villian ta’tildan so‘ng "Chelsi"ga qaytmadi

  • 31 iyul, 2018, 21:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Villian o‘ziga berilgan ta’til muddati yakunlanganiga qaramay hamon jamoa qarorgohiga qaytmadi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 29 yoshli braziliyalik futbolchi pasporti bilan bog‘liq muammolar sabab vaqtida jamoaga qayta olmasligi haqida rahbariyatni ogohlantirgan.

Biroq, Villian aynan shu yo‘l bilan “Chelsi” rahbariyatini o‘zini boshqa jamoaga qo‘yib yuborishga majbur qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Villianga ayni damda “Barselona”, “Real” va “Manchester Yunayted”dan jiddiy takliflar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!