
Vitaliy Denisov: Endi barcha jarohatlarni davolatish kerak
"Eng muhimi - 3 ochko. Yilning so‘nggi uchrashuvidagi g‘alaba suv va havodek zarur edi. Biz murabbiy ko‘rsatmalarini amalga oshirdik.
Endi xatolar ustida ishlashimiz va mavsumning ikkinchi qismiga tayyorlanishimiz kerak. Shuningdek yuzaga kelgan tanaffusda barcha jarohatlarni davolash lozim. Asosiysi, yaxshi hordiq chiqarish va yangi kuchlar bilan ishga qaytish", - dedi hamyurtimiz.
Eslatib o‘tamiz, Vitaliy Denisov Ektor Kuper tomonidan Turkiyada o‘tadigan yig‘in uchun milliy terma jamoaga jalb etilmagan edi.
Fikrlar