Vitaliy Klichko Avstriyada shifoxonaga yotqizilgan

  • 01.02.2019 16:00
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kiev shahri meri Vitaliy Klichko belidan olgan eski jarohati qo‘zg‘aganligi sababli shifoxonaga yotqizildi. U Avstriyaning Sankt-Iogann-in-Tirol shahridagi klinikalardan birida davolanmoqda. Bu haqda uning matbuot kotibi Oksana Zinoveva LIGA nashriga ma’lum qilgan.

– Vitaliy Klichko Avstriyada tekshiruv va reabilitatsiya jarayonini boshdan kechirmoqda. Uni belidan olgan eski jarohati yana bezovta qilgan, – deydi matbuot kotibi.

26 yanvar kuni Klichko ushbu klinikaga Shveytsariyaning Davos shahrida o‘tkazilgan iqtisodiy forumdan keyin olib kelingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!