Xabib Nurmagomedov "Anji"ning mag‘lubiyatini TsSKA bilan birga nishonladi (FOTO)

  • 20 oktabr, 2018, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UFC chempioni Xabib Nurmagomedov kecha Rossiya premer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan “Anji” hamda TsSKA klublari o‘rtasidagi bahsga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

E’tiborlisi, dog‘istonlik sportchi garchi jamoasi mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada moskvaliklar kiyinish xonasida ular bilan birga g‘alabani nishonladi.

“UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o‘yindan so‘ng TsSKA kiyinish xonasiga kirdi va g‘alaba bilan tabrikladi”, - deb yoziladi “armiyachilar” rasmiy tvitterida.

Хабиб Нурмагомедов поздравил ЦСКА с победой над "Анжи"

Eslatib o‘tamiz, Nikola Vlashich hamda Fyodor Chalovlar tomonidan kiritilgan gollar yakunda TsSKAga 2:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!