Xames Rodriges "Bavariya"da qolmoqchi
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges ijara muddati yakunigacha Myunxenda qolishni xohlayotganini aytdi.
“Mening “Bavariya”dagi yagona muammoyim bu mening kamroq o‘ynayotganimdir. Shu bois men faqatgina kam o‘yin amaliyoti sabab jamoani tark etishim mumkin. Lekin, men “Bavariya”da qolishni xohlayman. Men bu erda o‘zimni jamoaning bir qismi deb hisoblayman va muxlislarning muhabbatini his qilaman”, - deydi kolumbiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Xamesni 2017 yilning yozida “Real”dan 2 yilga ijaraga olgan edi. Ushbu muddat yakuniga etgach myunxenliklarda uning transferini 42 mln evroga sotib olish huquqiga ega.
Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum “Bavariya” safida 11ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar