Xitoyliklar "Milan"ni saudiyalik biznesmenga sotishadi(mi)?
Italiyaning "Milan" klubida yana xo‘jayin o‘zgarishi mumkin. Telelombardia nashrining xabar berishicha Saudiya Arabistoni fuqarosi Favaz al-Xoqair "rossonerilar"ni sotib olish istagini bildirmoqda. Arabistonlik biznesmen ayni damda "Milan"ning yangi stadioni qurilishi rejalashtirilgan Sesto-San-Jovanni shaharchasida bu borada muzokaralar olib bormoqda.
Fawaz Abdulaziz Alhokair Group qurilish kompaniyasi xo‘jayini hisoblangan Al-Xoqairning boyligi 1,23 mlrd evroga baholanmoqda. Shuningdek, uning Saudiya Arabistonida 19ta yirik savdo markazlari mavjud.
Eslatib o‘tamiz, "Milan"ning avvalgi xo‘jayini Silvio Berluskoni joriy yil yozda jamoa aktsiyalarini xitoylik investorlarga sotib yuborgan edi.

Fikrlar