
Xulen Lopetegi "Real" nega g‘alaba qozona olmaganini aytdi
"Real" klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi kecha “Atletiko”ga (0:0) qarshi bo‘lib o‘tgan Madrid derbisidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz g‘alaba qozona olmadik, chunki gol urmadik. Lekin biz bugun yaxshi futbol ko‘rsatdik deb hisoblayman, ayniqsa birinchi bo‘lim oxiri va ikkinchi bo‘limda. Shu bois bugungi o‘yindan ijobiy hulosa chiqardim. Shuni ham qo‘shimcha qilmoqchimanki, biz raqibdan ko‘ra bir kun kamroq dam oldik va tarkibimizda bir qator etakchilar jarohat olishgan edi. Shunga qaramay biz faqat g‘alaba uchun kurashdik. Jamoam bugun iroda ko‘rsata oldi”, - deydi Lopetegi.
Fikrlar