
Xummels va Vidal "Maynts"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashadi
Myunxenning “Bavariya” klubi futbolchilari Mats Xummels va Arturo Vidal bugun bo‘lib o‘tadigan Bundesliganing 4-turida “Maynts”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashadigan bo‘ldi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub rasmiy saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Xummels joriy haftada bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk turida “Anderlext”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. Aytish lozimki, germaniyalik futbolchiga shu kuni murabbiyning o‘zi dam berishga qaror qilgan. Vidal esa diskvalifikatsiya sabab bahsni o‘tkazib yuborgan edi.
Shuningdek bugungi uchrashuvda David Alaba va Xuan Bernat kabi futbolchilar “Bavariya”ga yordam berisholmaydi.
Ma’lumot uchun, “Bavariya” hamda “Maynts” jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:30da start oladi.
Fikrlar