Xurshidbek Normatov professional ringdagi ettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

  • 22.07.2018 17:11
  • 0
  • Boks

Professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschimiz Xurshidbek Normatov o‘zining navbatdagi jangini AQShning Konnektikut shahrida o‘tkazdi.

6 raund etib belgilangan qarama-qarshilikda hamyurtimiz amerikalik Aleksis Gaytanni mag‘lub etishning uddasidan chiqdi. Bu bokschi shu jangga qadar 4 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz. Xurshidbek professional ringga 2016 yili qadam qo‘ygan va o‘tkazilgan 7 ta jangning barchasida raqiblaridan ustun kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!