Yangi mavsumda Superligada legionerlar limiti 4+1 ko‘rinishida bo‘ladi

  • 8 yanvar, 2019, 10:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Unga ko‘ra, mamlakat futbol klublari ichki chempionatda ishtirok etayotgan boshqa bir klubga ikki nafardan ortiq futbolchini ijaraga bera olmaydi. Bir klubning uch yoki undan ortiq futbolchisini ijara asosida ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan klublar bu haqda bilishlari lozim.

Tecno

Shuningdek, ijaraga berilgan futbolchilar o‘zlari birinchi shartnoma tuzgan klubga qarshi har qanday futbol uchrashuvlarida maydonga tushish huquqiga ega bo‘lishadi. Ikki klub o‘rtasidagi shartnomalarda bu holat alohida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u o‘z kuchini yo‘qotadi yoki shartnomaning aynan shu bandiga o‘zgartirish kiritiladi.

Shuningdek, 2019 yilgi mavsumda Superliga va Pro-liga “A” uchun legioner futbolchilar limiti 4+1 bo‘ladi. Pro-liga “B” jamoalari esa 2+1 ko‘rinishida legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolashlari mumkin.

Manba: O‘zPFL

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!