Yaya Ture Frantsiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
“Manchester Siti”ning sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture faoliyatini "Marsel"da davom ettirishga umid qilmoqda. Bu haqda Le 10 Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 35 yoshli futbolchining vakillari aynan frantsuz klubi bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha aloqaga chiqishgan. Biroq, marselliklar tajribali futbolchiga bu borada hali o‘z javoblarini aytishgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Tureni Londonning “Vest Xem” klubi ham o‘z safiga qo‘shib olishni istamagan edi.
Fikrlar