Yaya Ture "Olimpiakos" bilan shartnomasini bekor qildi

  • 11 dekabr, 2018, 23:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Olimpiakos" yarim himoyachisi Yaya Ture klubni tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 35 yoshli kot-d’ivuarlik futbolchi va klub o‘zaro kelishgan holda o‘rtadagi kelishuvni bekor qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Ture grek klubi safiga joriy yoz erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 5ta o‘yinda maydonga tushdi.

Ma’lumot uchun, Ture futbol ishqibozlariga "Barselonva" va "Manchester Siti" klublaridagi faoliyati orqali tanilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!