Yaya Ture faoliyatini qaerda davom ettirishi aniq bo‘ldi
“Manchester Siti” bilan shartnomasi yakunlanib ayni damda erkin agent maqomida bo‘lgan yarim himoyachi Yaya Ture faoliyatini qaerda davom ettirishi borasida kutilmagan qarorga keldi.
Bleacher Report Football nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli kot-d’ivuarlik futbolchi Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi. Ma’lumotlarga qaraganda Ture ayni damda Londonda yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Fikrlar