Yaya Ture jamoa topolmayapti

Ivuarlik qariya erkin agent bo‘lsada, katta maosh talab qilayotgani bois, hech bir klub uni o‘z safiga qo‘shib olishga jazm etolmayapti.

"Marsel", "Everton", "Kristal Pelas" va "Vest Xem" bilan bo‘lgan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

Foot Mercato xabariga ko‘ra, Ture haftasiga 100 ming funt maosh olishni talab qilmoqda. Ilgariroq futbolchining agenti Dmitriy Selyuk mijozi 1 dollar maosh uchun ham o‘ynashga rozi ekanligini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!