Yosh yakkakurashchilarimiz Osiyo jangchilariga qarshi ringga chiqadi
11 mart kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi “Fight” sport klubi arenasida MMA qoidalari bo‘yicha O‘rta Osiyo ochiq chempionat tashkil etiladi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, va Turkmanistondan yosh yakkakurash jang san’atlari ustalari ringga chiqishadi.
"World Gold Gladiators" turnirida Bekzod Abdurahimov (57 kg), Ma’ruf Usmonov (57 kg), Asilbek Inomov (61 kg), Humoyun To‘xtamurodov (66 kg) horijdan tashrif buyuradigan sportchilar bilan kuch sinashadi. Janglar soat 17:00da start oladi.

Fikrlar