Yozda "Chelsi"ning asosiy himoyachilaridan biri jamoani tark etadi

  • 25.12.2018 14:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi himoyachisi David Luiz mavsum yakunlangach jamoani tark etadi.

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” mavsum yakunida shartnomasi tugaydigan 31 yoshli braziliyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmadi. Boisi, londonliklar Luisga faqat bir yillik shartnoma taklif qilishmoqda, ammo bu futbolchini qoniqtirmayapti.

Ma’lumot uchun, Luis joriy mavsum “Chelsi” safida jami 21ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning taxminiy transfer bahosi esa 25 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!