Yozef Skuling Singapurning birinchi oltin medaliga mualliflik qildi

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlari qiziqarli davom etmoqda. Barcha sport turlarida o‘zining etakchi atletlari bildirilgan ishonchni oqlab, terma jamoasi hisobiga medallar taqdim qilmoqda. 

Singapurlik taniqli suzuvchi Yozef Skuling 100 metrga batterflyay usulida suzish bellashuvlarida yana bir bor Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Skuling 4 yil muqaddam ham ushbu yo‘nalishda chempionlik nashidasini surgan edi. Ta’kidlash joiz, bu Singapur terma jamoasi uchun joriy Osiyo o‘yinlaridagi dastlabki oltin medal bo‘ldi. 

Yozef Skuling Rio Olimpiadasida aynan mana shu yo‘nalishda afsonaviy Maykl Felpsni ham ortda qoldirib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!